Prezident chegarachilarning xizmat va yashash sharoitlarini koʻrdi

0
65
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining Surxondaryo viloyatidagi vzvodlaridan biriga tashrif buyurdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Maʼmuriy binodagi sharoitlar, chegarani qoʻriqlashda qoʻllanilayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalar koʻzdan kechirildi. Davlat chegarasini qoʻriqlashda uchuvchisiz uchish apparatlarining ahamiyati taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston — Afgʻoniston chegarasini qoʻriqlash jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Mamlakatimizda qoʻshinlarning jangovar shayligini oshirish bilan birga harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyalashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu vzvod yonida ham shinam xonadonlar barpo etilgan.

Davlatimiz rahbari shunday xonadonlardan birida mehmon boʻldi. Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan suhbatlashdi.

— Vatanimiz himoyachilarining oʻz vazifalarini xotirjam bajarishi, farzandlar tarbiyasi sizlarga bogʻliq. Turmush oʻrtoqlaringizga madadkor boʻlib, katta jasorat koʻrsatayapsiz. Sizlar ham Vatan himoyachisizlar, — dedi Shavkat Mirziyoyev harbiylarning rafiqalariga.

Hovlida oʻyingohlar, sport maydonchalari, ayollar uchun tikuvchilik va qandolatchilik xonasi tashkil qilingan. Bolalarni maktab va bogʻchaga eltish uchun avtobus yoʻlga qoʻyilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.