Prezident Chirchiq shahridagi “Oʻzbekkimyomash” aksiyadorlik jamiyatida boʻldi

0
185
marta koʻrilgan.

Davlat rahbari bu yerda yangi  loyiha bilan tanishdi. Loyihada mavjud metall quyish quvvati 1,7 ming tonnadan 4 ming tonnaga oshiriladi. Mahsulot sifati yaxshilanadi, energiya va mehnat resurslari tejaladi.

Prezident shu yerda Chirchiq shahrini shaharsozlik normalari asosida qayta qurish loyihasi bilan tanishdi. “Chirchiq markaziy dehqon bozori” MCHJ rekonstruksiya qilish loyihasiga koʻra, yangi tipdagi zamonaviy bozor tashkil qilinadi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

Loyihalarda shahar markaziy istirohat bogʻini rekonstruksiya qilish, “Chirchiq” daryosi boʻyida zamonaviy sayilgoh qurish, Chirchiq davlat pedagogika hamda jismoniy tarbiya institutlarini zamonaviy oʻquv maskaniga aylantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham maʼlumot bor.

Shu yerda “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan innovatsion gʻoya va yangi texnologiyalar asosida Pskent, Chorbogʻ gidroelektr stansiyasini qurish hamda uning barqaror va xavfsiz ishlashini taʼminlash boʻyicha investitsiya loyihasi taqdim qilindi.   

Prezidentimizga “Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” hududida amalga oshiriladigan qishloq xoʻjaligi mashinasozlik sohasini rivojlantirish dasturi haqida maʼlumot berildi. 

Prezidentga qishloq xoʻjaligining mashinasozlik sohasida resurs tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etishni taʼminlaydigan zamonaviy, unumdorligi yuqori qishloq xoʻjaligi texnikasi va mexanizatsiya vositalarini ishlab chiqarish yuzasidan qilinadigan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Davlatimiz rahbari sanoat tarmoqlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar yaqin yillarda oʻz samarasini berishini taʼkidladi.


Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.