Prezident Donald Tramp Oʻzbekiston Prezidentining AQSHga rasmiy tashrifi munosabati bilan oʻtkazilgan qabul marosimi ishtirokchilariga murojaat yoʻlladi

0
100
marta koʻrilgan.

Bugungi oqshomda Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva mezbonlik qilayotgan qabul marosimida ishtirok etayotganlarga oʻz salomlarimni yoʻllayman.

Amerika xalqi nomidan Prezident Mirziyoyevga uning Oq uyga amalga oshirgan tarixiy tashrifi uchun minnatdorlik bildiraman. Markaziy Osiyoda murakkab masalalar va hamkorlik boʻyicha yangi imkoniyatlar paydo boʻlayotgan bir paytda muloqotimiz strategik sherikligimizni yangilashga yordam berdi. Men Amerikaning mintaqadagi taʼminot yoʻllarini qoʻllab-quvvatlash uchun Prezident Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar va Afgʻoniston bilan aloqalarni yaxshilashga qaratilgan iqtisodiy loyihalarni sarmoyalashga boʻlgan safarbarligi uchun u rahbarlik qilayotgan mamlakatga hurmatimni izhor qilaman.

Prezident Mirziyoyev meni ishontirib taʼkidladiki, Oʻzbekistonda katta maqsadlarni koʻzlovchi islohotlar dasturi bardavom va muqarrardir. Men aminmanki, Prezidentning inson huquqlarini himoya qilishga qaratayotgan eʼtibori uning xalqi hayotini yanada ulkan farovonlik va barqarorlikka yetaklaydi. Birgalikda biz Oʻzbekistonda hisobdorlik va shaffoflik masalalarini yanada yaxshilay olamiz. Bu esa Amerika kompaniyalarining faoliyati uchun zamin hozirlab, mamlakatlarimizdagi bandlikni oshirishga yordam beradi. 

Melaniya va men Prezident Mirziyoyev va Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyevaga Amerika Qoʻshma Shtatlariga qilgan unutilmas tashriflari uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz. Bilaman, bu yangilangan hamkorligimiz va bizning ikki mamlakat oldidagi yanada yorqin kelajakning boshlanishi xolos.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.