Prezident fermerlar bilan suhbatlashdi

0
120
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumanidagi “Ismoil Nozim obod” fermer xoʻjaligi dalasida boʻldi. Gʻalla oʻrimini, gʻoʻza holatini koʻzdan kechirdi. 

Viloyat dehqon va fermerlari bilan suhbatda gʻalla hosilini yigʻib olish, gʻoʻzadan kafolatlangan hosil yetishtirish, takroriy ekinlar ekish zarurligi taʼkidlandi.

Dehqonchilikda yil yilga oʻxshamaydi. Hosildan, daromaddan umidvor fermer har bir niholni «sizlashi» kerak. Barcha agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida, sidqidildan bajarishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Qishloq xoʻjaligi uchun murakkab kelgan joriy yilda suvdan omilkorlik bilan foydalanish, bozorbop ekinlar ekish, hosildorlikni oshirish boʻyicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.