Prezident fermerlar bilan suhbatlashdi

0
143
marta koʻrilgan.

Shavkat Mirziyoyev Norin tumanidagi “Besh sada” fermer xoʻjaligi dalasida boʻldi. 

Viloyat fermerlari, qishloq xoʻjaligi faxriylari bilan suhbatda paxtani qoʻshqator tarzda ekishning samarasi, klaster usulining ahamiyati haqida soʻz yuritildi.

Klasterdan eng katta maqsad — sifat va daromad. Paxta yetishtirishni klasterlarga topshirsak, dala ishlari tizimli va oʻz vaqtida boʻladi, daromad oshadi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligini isloh qilish, mahalliy byudjetlarga tushumlarni koʻpaytirish, aholi daromadlarini oshirish, yoshlarni malakali kadrlar qilib voyaga yetkazish, odamlarni uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtildi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.