Prezident gidroponika boʻyicha kadrlar tayyorlash zarurligini taʼkidladi

0
155
marta koʻrilgan.

Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumaniga tashrif buyurib, “Daromad baxt omad” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan issiqxona bilan tanishdi. 

Gidroponika usulidagi mazkur issiqxonada yiliga 1 ming 800 tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirib, MDH mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilgan. 

Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik, dedi Prezident. Tumanning zax, toshloq yerlariga gidroponika juda mos. Bunday issiqxonalarni kengaytirish, nima bozorbop boʻlsa, shuni ekish kerak. Bu yoʻnalishni rivojlantirish uchun mutaxassislar tayyorlash zarur.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.