Prezident gilamchilik loyihasini maʼqulladi

0
136
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Termiz shahridagi «Afghan bazar carpets» korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Maʼlumki, Surxondaryoda qoʻy koʻp boqiladi. Lekin uning juni deyarli qayta ishlanmaydi. Shu bois Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan Afgʻoniston tajribasi asosida jundan gilam toʻqish yoʻlga qoʻyilmoqda.

Prezident bu loyihani maʼqullab, afgʻonistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni kengaytirish, jundor qoʻy zotlarini koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev korxonada ishlayotgan xotin-qizlar bilan muloqot qildi.

Majmuada «Silk road tex» korxonasi ham tashkil etiladi. Unda ipakli mato, ipakli tayyor mahsulotlar, sport va yoʻl sumkalari hamda ipakli gilam ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Yiliga 2 million dollarlikdan ziyod eksport maqsad qilingan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.