Prezident Gulistondagi yangi uylarni koʻzdan kechirdi

0
262
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Guliston shahrining Yangi hayot mahallasida boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bu yerda 2019-2020 yillarda 14 ta koʻp qavatli uy qurilgan. Bugungi kunda yana 7 ta 9 qavatli uy qurilishi boshlangan. Ulardagi 504 ta xonadondan 100 tasi kam taʼminlangan oilalarga imtiyozli ravishda beriladi. Yoshlar mehnat guzari, stadion, bolalar maydonchalari quriladi.

Prezidentimiz yangi mavzeda xizmatlarni koʻpaytirish, tadbirkorlik subyektlari tashkil etib, bu yerda yashovchilarni ish bilan taʼminlash muhimligini taʼkidladi.

— Kambagʻallikni qisqartirishning eng asosiy omillari boshpana va ish joyi, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Bu maqsadlar uchun katta imkoniyatlar berilyapti. Bu yildan boshlab ipoteka krediti boʻyicha moliyaviy resurslardan yetishmovchilik va cheklovlar boʻlmaydi, deb eʼlon qilganmiz. Shundan foydalanib, tadbirkorlar ishtirokida koʻp uylar qurish mumkin.

Shu yerda mahalla nuroniylari bilan samimiy muloqot boʻldi.

— Bir paytlar Sirdaryo viloyati faqat qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan edi. Oxirgi yillarda zamonaviy sanoat kirib kelayapti. Mana shunday uylar qurilayapti. Nima uchun? Odamlarda xarid qobiliyati bor. Endi bu ishlarni toʻxtatmasligimiz kerak. Chunki yoshlarimiz yetishib kelayapti, xalqimizning talabi oʻsib borayapti. Davlatimiz shunga munosib sharoit yaratishi kerak, — dedi Prezident.

Nuroniylar viloyatda roʻy berayotgan oʻzgarishlar, yoshlar tarbiyasi haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.