Prezident hamisha xalq bilan birga

0
58
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Ezgulik mahallasida boʻlib, aholi hayoti bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Bu yerda 26 ta koʻp qavatli uy bor, 6 mingdan ziyod aholi yashaydi. 

Prezidentimiz mahalla vakillaridan hol-ahvol soʻradi. Nuroniylar oʻtgan sovuq kunlarda xalqimizning va davlat idoralari xizmatchilarining birligi bilan qiyinchilik ortda qoldirilganini aytishdi. Energetika va kommunal xizmatlar 24 soat davomida ishlagan, tezkor choralar koʻrib borilgan. Xususan, mahalladagi transformator ham yangilangan.

— Bu bizga saboq boʻlishi kerak. Energetikada 3-4 karra koʻproq zaxira yaratishimiz zarur. Shuning uchun qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga eʼtibor beryapmiz. U — muqobil, ishonchli va ekologik toza, — dedi davlatimiz rahbari.

Mahallalardagi ustuvor vazifa aholi bandligi va yoshlar tarbiyasi ekani taʼkidlandi. Shu bois ham bu yil yurtimizda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilindi. Oʻquvchilar maktabda ikkita xorijiy til va bitta kasb oʻrganib chiqishi uchun sharoit yaratilmoqda. Xalqimiz bu harakatni qoʻllab-quvvatlamoqda.

Nuroniylar yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xalqimizga farovonlik tilab duo qildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.