Prezident hunarmandlarni qoʻllab-quvvatladi

0
500
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyati Furqat tumanidagi “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasida boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Korxona rahbari Muhammadali Yunusov milliy yogʻoch oʻymakorligi maktabining munosib davomchisi. Uning ishlari yurtimizdagi koʻplab maqbara va yangi majmualarga koʻrk bagʻishlagan. “Qoʻligul” hunarmand Oʻzbekiston xalq ustasi unvoniga sazovor boʻlgan.

Muhammadali Yunusov ijodida “pargori”, “sharafa”, “muqarnas” va “islimiy” uslublar ustuvor. Naqshinkor ustunlar, kursi, lavh, quticha va boshqa oilaviy buyumlar hamisha xaridorgir.

Ustaning shogirdlari koʻp. Shu bois korxonaga keng sharoit yaratish maqsadida yangi bino qurilmoqda.

–Ota-bobolarimizdan meros hunarni asrab-avaylab, yosh avlodga yetkazayotganingiz, yoshlarni ishli qilayotganingiz uchun rahmat,– dedi Prezident. – Bunday hunarmandchilik turlarini yanada ommalashtirish kerak. Bu ham madaniyat, ham maʼrifat, ham iqtisodiyot.

Davlatimiz rahbari mazkur oilaviy korxona yonida maktab tashkil etish, unda hunarlar bilan birga matematika, geometriya, fizika, kimyo kabi fanlarni ham chuqurlashtirib oʻqitish muhimligini taʼkidladi. Toshkent, Samarqand, Xiva va Buxoroda ham shu kabi yogʻoch oʻymakorligi markazlari tashkil etish boʻyicha topshiriq berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.