Prezident ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni koʻzdan kechirdi

0
146
views

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi «Jarqoʻrgʻon meva-sabzavot eksport» korxonasiga tashrif buyurdi. Bu yerda dukkakli don mahsulotlarini saralab, eksportga yoʻnaltirish yoʻlga qoʻyilgan, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

Shu yerda viloyatni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar namoyish etildi. Davlatimiz rahbari Angor, Denov, Sherobod, Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Shoʻrchi, Sariosiyo, Oltinsoy va Qiziriq tumanlarida klaster usulida paxta yetishtirish, hududiy eksport salohiyatini oshirish dasturlari bilan tanishdi. Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida olib borilayotgan qurilish ishlari, Termiz shahri, Denov va Qiziriq tuman markazlarida amalga oshiriladigan bunyodkorlik rejalari yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here