Prezident investitsiya loyihalari bilan tanishdi

0
246
views

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari bilan tanishdi. 

Fargʻona viloyatida xorijiy sarmoyalarni toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilishga qaratilgan investitsiyaviy xab tashkil etilmoqda. Xorijdagi doimiy ofislar, birodarlashgan shaharlar va yurtimizdagi chet ellik ishbilarmonlar orqali bu xabga 161 million dollardan ortiq investitsiya olib kelish rejalashtirilmoqda. Ushbu mablagʻni yangi korxonalar ochish va mavjudlarini modernizatsiya qilishga yoʻnaltirib, 2 ming 700 dan ortiq ish oʻrni yaratish moʻljallanmoqda. Shuningdek, mazkur investitsiyaviy xab viloyatdagi erkin iqtisodiy zonalar va innovatsion markazlar bilan ham ishlaydi.

Prezidentimiz bu tizimni takomillashtirish, bunday xablarni boshqa hududlarda ham tashkil etish, iqtisodiy barqaror korxonalarni koʻpaytirish boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Shu yerda Fargʻona viloyatidagi sanoat korxonalariga investitsiya jalb etish, boʻsh turgan binolardan samarali foydalanish, yoshlarning innovatsion ishlanmalarini qoʻllab-quvvatlashga oid loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here