Prezident istirohat bogʻidagi sharoitlarni koʻzdan kechirdi

0
145
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bu maskan 2019 yilda xorijiy kompaniyaga ijaraga berilgan edi. Oʻtgan vaqtda 12 million dollarlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, sharoitlar yaxshilandi. 43 ta yangi attraksion oʻrnatilib, uch yuzdan ziyod ish oʻrni yaratildi.

Ilgari boqqa kuniga 30 ming atrofida mehmon kelgan boʻlsa, rekonstruksiyadan soʻng oʻrtacha 60 ming kishi tashrif buyurmoqda.

Davlatimiz rahbari bogʻ boʻylab yurib, odamlar bilan suhbatlashdi. Bolajonlarga mehr koʻrsatib, ezgu tilaklar bildirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.