Prezident Jizzax viloyatida

0
182
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 mart kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari dastlab Zarbdor tumanidagi “Zarbdor tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. 

Bu korxonani bunyod etish boʻyicha Prezidentimizning oʻtgan yili viloyatga tashrifi chogʻida topshiriq berilgan edi. Shavkat Mirziyoyev yaqinda Samarqand viloyatida boʻlganida har bir tumanda kamida ikkitadan tekstil korxonalari qurish zarurligini taʼkidlagan edi. 

Yangidan qurilib, foydalanishga topshirilayotgan “Zarbdor tekstil” ana shunday zamonaviy korxonalardan. Bu yerda jami 1 ming 60 dan ortiq kishi doimiy ish bilan taʼminlanadi. Mahsulotlar ichki bozorni toʻldirib, eksportga ham yoʻnaltiriladi. 

Mening eng katta maqsadim odamlarni ish bilan, daromad bilan taʼminlash, dedi Shavkat Mirziyoyev. Endi paxtani toʻliq yurtimizda qayta ishlaymiz, qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab  chiqaramiz.

Shu yerda Jizzax viloyatida toʻqimachilik, kimyo, farmatsevtika sohalarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etishga doir loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.