Prezident kitobsevar bolalar bilan suhbatlashdi

0
221
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangilangan Respublika bolalar kutubxonasini borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari faoliyatining ilk kunlaridan yoshlar taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda. 2017 yilda kitoblar nashr etishni rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish boʻyicha Prezident farmoyishi qabul qilingan edi. Kitobxonlarni ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyildi.

Bu siyosatning yana bir ifodasi sifatida yaqinda Respublika bolalar kutubxonasi yangilandi.

1907 yilda qurilgan tarixiy bino restavratsiya qilinib, zamonaviy jihozlandi. Bugun muassasa har jihatdan qulay, shinam va yorugʻ. Endi u nafaqat bolalar, balki kattalarning ham sevimli maskaniga aylanmoqda.

 Kutubxona oʻzbek va jahon bolalar adabiyotiga oid 180 ming kitob fondiga ega. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilayotgani xodimlar ishini yengillashtirib, kitobxon bolalarga qoʻshimcha qulaylik yaratgan. Jumladan, tashrif buyuruvchilar maxsus ID-karta oladi. U orqali kitobxonlarni roʻyxatga olish, kitob olish va topshirish jarayonlari elektron tarzda tashkil etiladi.

 Elektron kutubxonani rivojlantirish, video va audio resurslar fondini boyitish, foydali veb-kontentlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Audio kitoblarni tinglash xonasi tashkil etilgan.

Prezident ushbu sharoitlarni koʻzdan kechirdi, kitob oʻqiyotgan va chet tillarini oʻrganayotgan bolalar bilan muloqotda boʻldi.

Davlatimiz rahbari kutubxonani maktablar bilan samarali bogʻlab, 180 ming kitob fondidan ularni bahramand qilish, bu yerga koʻproq yoshlarni jalb etish zarurligini taʼkidladi.

Muassasada xalqaro konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarni ham bevosita, ham onlayn oʻtkazish imkoni yaratilgan. Hudud obodonlashtirilib, yangi qiyofaga kirgan. Moʻjazgina amfiteatr tashkil etilgan.

 Kutubxonaga avtotransport ajratish, yangi kitoblar sotib olish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.