Prezident mahalla bogʻiga koʻchat ekdi

0
64
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari “Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumini boshlab berdi. Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi Oqtepa va Bogʻzor mahallalariga tashrifi chogʻida jamoatchilik bilan birga koʻchat ekdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Prezidentimiz tashabbusi bilan daraxt ekish, yashil hududlarni koʻpaytirish katta harakatga aylanmoqda. Bu mavsumda 85 million tup koʻchat oʻtqazilishi moʻljallangan. Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tomonidan har bir mahallaga 200 tadan koʻchat bepul yetkazib beriladi. Shuningdek, 15 oktyabrdan barcha tuman va mahallalarda koʻchat yarmarkasi tashkil qilinadi.

Mahalla aholisi bilan suhbatda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni haqida soʻz bordi.

— Bugun kelishimizdan maqsad — oʻtgan yilgi saboqdan natija nima boʻlganini koʻrish, — dedi davlatimiz rahbari. — Buning uchun kerakli qarorlar qabul qildik, katta mablagʻlar ajratdik. Xorijdan texnologiyalar, mutaxassislar olib keldik. Soha xodimlari qoʻshimcha oʻqitildi, ularning oyliklari oshirildi. Hozir rahbarlarga har bir mahalla, har bir koʻp qavatli uy, maktab, shifoxonalarga kirib, issiqlikni kafolatlash boʻyicha yana topshiriqlar berdim. Eng muhimi, bu borada xalq nazoratini yoʻlga qoʻyamiz. Shu bilan birga, energiya tejamkorlik madaniyatini oshirish kerak. Sizga oʻxshagan koʻpni koʻrgan insonlar, ziyolilar bunda namuna, davlatga koʻmakchi boʻlishi zarur.

Jamoatchilik vakillari kuz-qishga tayyorgarlikni, yurtimizdagi oʻzgarishlarni eʼtirof etib, oʻz uylari va barcha muassasalarda issiqlikni asrashda jonkuyar boʻlishlarini taʼkidlashdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.