Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Tirsakobod mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Bu mahallada 9 koʻp qavatli va 864 hovli uylar joylashgan. 5 ming 200 dan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 3 fevraldagi «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoniga muvofiq mazkur mahallada ham katta oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Yoʻllar va uy-joylar taʼmirlanib, ijtimoiy obyektlar barpo etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev mahalla hayoti bilan tanishdi, faollar bilan muloqot qildi.
Mamlakatimizning barcha shaharlarida zamonaviy mahalla markazlari bunyod etish, aholi tinchligi va farovonligini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.