Prezident mahalla faollari bilan suhbatlashdi

0
153
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi «Toshkent» mahalla fuqarolar yigʻinida boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bu yerda 4 mingdan ortiq aholi yashaydi. Oʻndan ortiq doʻkon, maishiy xizmat shoxobchalari, oshxona va qandolat sexida xotin-qizlar va yoshlar ish bilan band. Ming oʻrinli maktab, musiqa va sanʼat maktabi, 600 oʻrinli bolalar bogʻchasi bor. Mahalla guzarida tashkil etilgan oʻquv maskanida shu yerlik ishsiz ayollarga tikuvchilik sirlari oʻrgatilyapti.

Maʼlumki, mamlakatimizda mahallabay ishlash boʻyicha yangi tizim joriy etildi. Shu asosida, Jomboy tumanidagi 38 ta mahallaga ham hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari tayinlandi. Prezidentimiz ular bilan suhbatlashdi.

Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari oʻzlari masʼul mahalladagi oʻrganish natijalari, muammolarni hal etish boʻyicha rejalarini soʻzlab berdi. Yordamga muhtoj oilalar aʼzolari kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitilishi, oʻzini oʻzi band qilish uchun imtiyozli kredit va subsidiya berilishi, dehqon xoʻjaligi uchun yer maydonlari ajratilishi aytildi.

Bu yil Jomboyda mahallabay tizim orqali tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash uchun 62 milliard soʻm imtiyozli kredit va 4,5 milliard soʻm subsidiya ajratish koʻzda tutilgan.

Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, sportga jalb etish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ham muhimligi taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.