Prezident maktabi bitiruvchilarining kamida 20 foizi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga joʻnatiladi

0
426
marta koʻrilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzurida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Agentlikning idoraviy boʻysunuviga  Prezident maktablari, ijod maktablari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati va Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati kiradi. 

Agentlikka Bosh vazir taqdimnomasiga koʻra Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun oʻrnatiladigan davlat taʼlim standartlari Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.

Shu bilan birga, Agentlik Prezident maktabi bitiruvchilarining kamida 20 foizini xalqaro tan olingan tashkilotlar reytingida dastlabki 1 000 ta pogʻonani egallagan yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlarini taʼminlaydi.

Manba: uzedu.uz

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.