Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov: Maktab darsliklari va mashq daftarlari bepul ijaraga beriladi

0
218
marta koʻrilgan.

Maktab darsliklari va mashq daftarlarining ijara toʻlovlari miqdorlari keskin oshirilishi munosabati bilan keng jamoatchilik, ota-onalar tomonidan bildirilgan eʼtirozlar yuzasidan Prezidentimizga axborot berildi.

Maktab darsliklari bolalarning umumiy oʻrta taʼlim olishida favqulodda muhim oʻrin tutishini hisobga olib hamda maktab oʻquvchilari va ularning ota-onalarini, qonuniy vakillarini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni taʼminlash maqsadida davlatimiz rahbari Vazirlar Mahkamasi va Xalq taʼlimi vazirligiga maktab darsliklari va mashq daftarlarini bepul ijaraga berishni tezkor yoʻlga qoʻyish yuzasidan topshiriq berdi, deya xabar beradi Prezident Matbuot kotibi.

Ota — onalarda yana savol paydo boʻlyapti: Kechagina kitoblar ijarasi uchun 108 ming soʻm, ijara shartnomasi uchun 10 ming soʻm toʻlab, 8-sinf qizimga maktab darsliklarini ijaraga olib bergandik. Bugun esa prezident maktab darsliklarini bepul berishni tayinlabdi. Endi pulimizni qaytib berishadimi?

Ushbu savolga tegishli tashkiilotlar nima deydi?

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.