Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanidagi «Agromir» masʼuliyati cheklangan jamiyatini borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Qariyb 450 kishi doimiy ish bilan taʼminlangan korxonada yiliga 60 ming tonna sharbat va nektar, deyarli 6 ming tonna konsentratlar ishlab chiqarish quvvatiga mavjud boʻlib, bugungi kunda 42 turdagi mahsulot tayyorlanmoqda. Ishlab chiqarish va qadoqlash sexlari Italiya hamda Shveysariya texnologiyalari bilan jihozlangan. Oʻtgan yili 2,1 million dollar, joriy yilda 5,5 million dollarlik eksport qilingan.
Davlatimiz rahbari meva-sabzavotlarni qayta ishlash jarayonini, tayyor mahsulotlar namunalarini koʻzdan kechirdi.