Prezident Mustaqillik monumentiga gulchambar qoʻydi

0
418
views

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Bu majmua 2021 yilda, istiqlolimizning oʻttiz yilligiga bagʻishlab bunyod etilgan edi. Unda mamlakatimizning qadimgi tarixidan boshlab to bugungi kungacha boʻlgan eng muhim voqealar, buyuk alloma va jahongir bobolarimizning siymolari aks ettirilgan. Monumentning eng yuqori qismida Humo qushi tasvirlangan.

“Mustaqillik monumenti – ona Vatanimiz, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash, qahramon xalqimiz sharafiga bunyod etilgan buyuk obida” degan edi Shavkat Mirziyoyev.

Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etib, monument poyiga gullar qoʻydi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here