Prezident Olmazor tumaniga tashrif buyurdi

0
208
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Olmazor tumani Qichqiriq kanali boʻyida madaniyat va istirohat bogʻi barpo etilishi rejalashtirilgan, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

Shavkat Mirziyoyevga mazkur park loyihasi yuzasidan maʼlumot berildi.

Bogʻda bolalar va sport maydonchalari, zamonaviy attraksionlar tashkil etiladi. Abdulla Qodiriy va Choʻlpon nomidagi kutubxonalar, Nuroniylar maskani quriladi.

Prezidentimiz kutubxonalarning poytaxt maktablari bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish, Abdulla Qodiriy va Choʻlpon ijodini yoshlarga chuqurroq oʻrgatish zarurligini taʼkidladi.

Aholining dam olishi uchun qulayliklarni oshirish, xususan, Nuroniylar maskanida choyxona va askiya markazi tashkil qilish, yaqin joyda poliklika barpo etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Prezidentimiz Toshkent shahrida «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari uyma-uy yurib, odamlar bilan suhbatlashish, ularning muammolarini hal qilishga koʻmaklashish, ish oʻrinlari yaratish, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish zarurligini taʼkidladi.

Shu yerda Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari bilan muloqot boʻlib oʻtdi. Mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, aholini uy-joy va ish bilan taʼminlash, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash haqida soʻz yuritildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.