Prezident Oʻsimlik moddalari kimyosi institutini rivojlantirish boʻyicha topshiriqlar berdi

0
119
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademik S.Yu.Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutiga tashrif buyurdi, deya xabar beriladi prezident.uz saytida. 

Bu yerda tajriba-ishlab chiqarish jarayoni xalqaro GMP standartiga muvofiq modernizatsiya qilinmoqda. Buning natijasida yiliga 500 tonnadan ziyod oʻsimlik xomashyosini chuqur qayta ishlash imkoniyati yaratiladi. Joriy yildan 30 dan ortiq tabiiy toza, import oʻrnini bosuvchi va eksportbop dori vositalari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. 

Davlatimiz rahbari dastlab mazkur korxona bilan tanishdi. Olimlarimiz tomonidan tayyorlangan oʻsimlik moddalarini koʻzdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev dori substansiyalari farmatsevtika sanoatining asosiy omili ekanini, buning uchun oʻsimliklarni chuqur qayta ishlash, jahon ilmiy yutuqlarini oʻrganib, mahalliylashtirish darajasini oshirish boʻyicha muntazam izlanish zarurligini taʼkidladi. Oʻsimlik moddalari kimyosi institutini rivojlantirishga doir alohida qaror tayyorlash boʻyicha topshiriq berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.