Prezident oʻyinchoqlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi

0
196
views

Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yili Olmazor tumanida boʻlganida Toshkent oʻyinchoqlari fabrikasi negizida yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha topshiriq bergan edi. 

Davlatimiz rahbari ushbu fabrikaga tashrif buyurib, bajarilgan ishlarni koʻzdan kechirdi. 

Bu yerda “NBU Investment” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashabbuskor-investorlar bilan birgalikda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda. “Toys City”, “O`yinchoqlar Fabrikasi”, “Funny Kids World”, “National Products” va “United Nation company” kabi mazkur korxonalarda bolalar uchun kiyim-kechaklar, turli buyumlar va oʻyinchoqlar ishlab chiqariladi. Ularda jami 920 dan ortiq ish oʻrni yaratiladi.

Bugungi kunda “Toys City” korxonasi ishga tushirilgan boʻlib, 70 ga yaqin mahsulot tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. 

Shavkat Mirziyoyev mazkur korxonada oʻyinchoqlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here