Prezident Oʻzbekiston yoshlari forumida ishtirok etadi

0
84
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Oʻzbekiston yoshlari forumida ishtirok etadi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Mamlakatimiz tarixida ilk marta oʻtkazilayotgan ushbu yirik tadbirni tashkil etish tashabbusi davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 20 noyabr kuni ilgari surilgan edi.

18 dekabr kuni Toshkent shahrida boshlangan forum tadbirlari yanada keng koʻlam kasb etib, yurtimizning barcha shahar va tumanlarida boʻlib oʻtdi. Yoshlarimiz vazir va hokimlar bilan ochiq muloqot qilish, hokimiyat va boshqaruv organlarining boshqa vakillari bilan uchrashish, yetakchi ekspert va jamoatchilik faollari bilan muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.

Bugungi tadbir Oʻzbekiston yoshlari forumining mantiqiy yakuni boʻladi.

Prezident forumda nutq soʻzlaydi va yoshlar bilan muloqot qiladi. Tadbirning oʻzida 3 ming 300 nafardan ziyod, shuningdek, hududlardagi studiyalarda 26 ming nafar yigit-qiz qatnashishi kutilmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.