Prezident: «Pandemiyaning iqtisodiyotga taʼsirini yumshatishga qaratilgan 16 ta hujjat ijrosi oqsamoqda»

0
116
marta koʻrilgan.

Bu haqda 26 mayda boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi:

Joylarda ushbu qarorlar ijrosini tashkil etish oqsamoqda, yaratilayotgan sharoit va imtiyozlarni fuqarolar va tadbirkorlarga manzilli yetkaza olmayapmiz.

Oliy Majlis palatalari joylarda xalq deputatlari kengashlari bilan birga pandemiyaga oid Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosi yuzasidan parlament va kengashlarning taʼsirchan nazoratini yoʻlga qoʻyish kutilgan natija berishi mumkin.

Shuningdek, tuman, shahar, viloyat hokimlari, vazirlar har oyda bir marta Prezident qarorlari ijrosi boʻyicha brifing oʻtkazib, ommaviy axborot vositalari, parlament vakillari va keng jamoatchilik oldida hisobot berib borsin.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.