Prezident Pentagonda muzokara oʻtkazdi

0
136
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Pentagonda AQSH mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan muzokara olib bordi.

Davlatimiz rahbari koʻp yillik va samarali hamkorlik uchun AQSH tomoniga minnatdorlik bildirib, Prezident Donald Tramp bilan oʻtgan muloqot natijasida davlatlararo munosabatlar yangi bosqichga koʻtarilganini taʼkidladi.

Tashqi siyosatimizdagi ochiqlik va yaxshi qoʻshnichilik prinsiplariga asoslanib, Vatanimiz suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlash maqsadida mamlakatimiz Mudofaa doktrinasi sifat jihatidan yangilandi. Harbiy okruglarning tarkibiy tuzilishi va vazifalari tubdan qayta koʻrib chiqildi, harbiy bilim yurtlari isloh qilindi.

Oʻzbekiston bu sohada Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan tajriba almashish, harbiy-texnikaviy, mudofaa va xavfsizlik yoʻnalishida hamkorlik qilishdan manfaatdor, dedi Shavkat Mirziyoyev.

AQSH mudofaa vaziri Prezidentimiz tashrifidan mamnun ekanini bildirib, Oʻzbekiston mintaqadagi muhim geostrategik davlat ekanini taʼkidladi.

Oʻzbekistonning ochiq va konstruktiv tashqi siyosati natijasida Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik muhiti yaratildi. Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻani bilan muloqotlaringiz, Afgʻoniston ishlari boʻyicha maxsus vakil tayinlaganingiz muhim ahamiyatga ega. Rasmiy tashrifingiz doirasida qabul qilingan besh yilga moʻljallangan harbiy hamkorlik rejasi mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi, dedi Jeyms Mettis.

Uchrashuvda mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.