Prezident poytaxtimizdagi yirik ishlab chiqarish korxonasida boʻldi

0
41
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni Toshkentning Sergeli tumanidagi “Alutex” korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Mamlakatimizda muqobil energetikani rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, quyosh panellari oʻrnatish boʻyicha keng koʻlamli ishlar boshlangan. Bu alyumin profillarga talabni oshirmoqda.

Joriy yil may oyida “Alutex” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan oyna va quyosh panellari uchun profillar tayyorlash loyihasi ishga tushirildi. Bu korxona 350 dan ortiq turdagi, yiliga 36 ming tonna alyumin profil ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Davlatimiz rahbari bu yerdagi ish jarayoni va mahsulotlarni koʻzdan kechirdi.

— Dunyodagi yetakchi kompaniyalar bilan birgalikda umumiy quvvati 15 gigavattdan ortiq quyosh va shamol stansiyalarini barpo etmoqchimiz. “Yashil” energetika — mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz uchun tayyor bozor, katta imkoniyat. Faqat asosiy talab — sifat, — dedi Prezident.

Korxonaga Italiya, Janubiy Koreya va Turkiyadan eng zamonaviy uskuna va jihozlar keltirib oʻrnatilgan. Natijada 400 ta yangi ish oʻrni yaratilgan. Sentyabr oyidan qoʻshimcha yangi 130 turdagi alyumin profillar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Import oʻrnini bosishdan tashqari, mahsulotlarning bir qismini eksportga yoʻnaltirish rejalashtirilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.