Prezident qandolat korxonasi faoliyati bilan tanishdi

0
257
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari mahallalar hayoti, sanoat loyihalari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahri Yangihayot tumanida boʻlib turibdi.

Prezidentimiz dastlab «Almerro grup» masʼuliyati cheklangan jamiyatining qandolat korxonasini koʻzdan kechirdi.

Umumiy qiymati 70 milliard soʻm boʻlgan ushbu korxona ikki bosqichdan iborat. Oʻtgan yili noyabrda birinchi bosqichi ishga tushirilgan. Yangi bino qurilib, Turkiyadan zamonaviy texnologiyalar keltirib oʻrnatilgan. 

Bugungi kunda korxona yiliga 2 ming tonnaga yaqin qandolat mahsulotlari tayyorlash quvvatiga ega. Bu yerda shokolad, konfet, pechenye, vafli kabi 95 turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. 120 kishi ish bilan taʼminlangan.

Davlatimiz rahbari qandolat mahsulotlari sifatini koʻrdi. 

— Sifati yaxshi, chet elniki bilan bemalol raqobatlasha oladi. Faqat narxni tushirish boʻyicha yana imkoniyat bor. Masalan, import qilinayotgan qoʻshimchalarni xomashyo shaklida olib, shu yerning oʻzida tayyorlash yoʻlga qoʻyilsa, tannarxni 10-15 foiz arzonlashtirish mumkin. Shunda mahsulotlar yaxshi sotilib,  qoʻshimcha ish oʻrinlari ochish imkoniyati paydo boʻladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Korxonaning ikkinchi bosqichi foydalanishga topshirilganidan soʻng yillik quvvat 10 ming tonnaga yetadi. Mahsulotlarning bir qismini qoʻshni davlatlar va Moʻgʻulistonga eksport qilish moʻljallangan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.