Prezident qarori: ishlayotgan pensioner shifokorlar pensiyani toʻliq hajmda oladi

0
387
marta koʻrilgan.

2018 yil 1 yanvardan boshlab tibbiy muassasalarning pensioner shifokorlari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, pensiyani toʻliq hajmda oladilar. Bu Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining «Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish toʻgʻrisida»gi qarori bilan belgilab berildi. Qaror 29 dekabr kuni imzolandi, deya xabar beriladi Kun.uz  saytida.

Qaror sogʻliqni saqlash tizimining xususiy sektorini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar hajmini yanada kengaytirish, xususiy tibbiyotga investitsiyalarni jalb qilish maqsadida imzolandi.

Hujjat bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining tadbirkorlik subyektlariga davlat-xususiy sherikchilik asosida davlat tibbiyot muassasalarining funksiyalarini quyidagilar boʻyicha berish haqidagi taklifi maʼqullandi: 

qoʻshimcha boʻlinmalar faoliyatini taʼminlash (oziq-ovqat bloklari, kir yuvish joylari va boshqalar);

Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan roʻyxati aniqlanuvchi alohida tibbiy xizmatlarni koʻrsatish.

Shuningdek, Koreya Respublikasining tibbiyot markazlari va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda “AKFA MEDLINE” MCHJ xususiy klinikasi negizida xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirish va mahalliy tibbiyot kadrlari malakasini oshirish Markazini tashkil etish koʻzda tutilmoqda. 
Qarorga muvofiq, Koreya Respublikasining ilgʻor klinikalari va tibbiyot markazlarining diagnostika, davolash, servis va menejment masalalari boʻyicha tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha tajribasini oʻrganish va mamlakat tibbiyotiga joriy etish uchun ular bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi. 
 
Bundan tashqari, 2018 yilning 1 yanvaridan tibbiy muassasalarning pensioner shifokorlari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, pensiya toʻliq hajmda oladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.