Prezident Qoʻqon va Margʻilon shaharlarini rivojlantirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi

0
186
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoʻqon shahrida oʻtayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 14 sentyabr kuni Fargʻona viloyatiga joʻnab ketdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Tashrif davomida, shuningdek, Qoʻqon va Margʻilon shaharlarida sanoatni kompleks rivojlantirish borasidagi saʼy-harakatlar bilan tanishish, ishlab chiqarish korxonalarini koʻzdan kechirish, tadbirkorlar, ziyolilar bilan uchrashish ham rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifini «Qoʻqon» erkin iqtisodiy zonasidan boshladi. 

Bu yerda dastlab Qoʻqon va Margʻilon shaharlarini kompleks rivojlantirishga xorijiy investitsiyalar jalb etish boʻyicha yangi loyihalar taqdimoti oʻtkazildi. Jumladan, kelgusi uch yilda bu ikki shaharga xalqaro moliya institutlarining 1 milliard 354 million dollarlik imtiyozli kreditlari yoʻnaltirilishi rejalashtirilgan. Bu mablagʻ uchta yoʻnalishda – sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish, infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish hamda koʻp qavatli uy-joylar qurish sohalarida oʻzlashtirilishi koʻzda tutilgan.

Davlat rahbari uy-joylar qurilishiga oid loyihalarni qayta koʻrib chiqish, Qoʻqon va Margʻilon shaharlarini rivojlantirish boʻyicha besh yillik reja qilish zarurligini taʼkidladi.

–  Avvalo, qayerda qiyinchilik borligini oʻrganish, odamlarning fikrini olish kerak, – dedi Prezident. – Aholi qachon qaysi hududda qurilish boʻlishini bilsin. Uy-joy bilan ish oʻrinlari mutanosib boʻlishi zarur. Fargʻonaliklarning hunarmandchilik anʼanalari, hudud imkoniyatlarini inobatga olib, charm-poyabzal, chinni, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va boshqa turdagi korxonalar tashkil etish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev «Qoʻqon» erkin iqtisodiy zonasi salohiyati, korxonalar faoliyati bilan tanishmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.