Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga joʻnab ketdi.
Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga nafaqat Oʻzbekiston Prezidenti, balki mazkur mintaqaviy uchrashuvning tashabbuskori sifatida tashrif buyurmoqda.
Tashrif bir kunga moʻljallangan.