Prezident ruhiy kasalliklar shifoxonasini borib koʻrdi

0
89
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yili 26 iyunda Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida boʻlib, binolarni qurish va taʼmirlash, bemorlarning sharoitlarini yaxshilash boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi. 

Davlatimiz rahbari joriy yil 15 iyun kuni bu yerga yana kelib, bajarilgan ishlarni koʻzdan kechirdi.

Klinikada 4 yangi bino foydalanishga topshirilgan, qolganlari rekonstruksiya qilinib, kapital taʼmirlangan. Toza va shinam palatalar, bemorlar bilan individual ishlash uchun xonalar tashkil etilgan, zamonaviy tashxis uskunalari oʻrnatilgan.

 

Bu yoʻnalishda ham ishlar boshlandi. Binolar qurildi. Endi ilm kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mazkur yangi klinikani respublikamizning shu ixtisoslikdagi shifoxonalari uchun tayanch muassasaga aylantirish, ruhiy kasalliklarning oldini olish va boshlangʻich bosqichdayoq davolash amaliyotini rivojlantirish, bu borada chet eldagi ilmiy-tibbiy muassasalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ruhshunos mutaxassislar tayyorlash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha topshiriqlar berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.