Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 avgust kuni Samarqand viloyatiga keldi.

0
156
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga kelgach, avvalo, Payariq tumaniga borib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

— Ilohim, duolarimiz ijobat boʻlib, Alloh yurtimizni tinchlik-osoyishtalikda saqlasin, fayzu baraka bersin. Mana, mustaqilligimizning 32 yillik bayrami arafasida turibmiz. Xalqimiz bilan birga shu kunlarga yetganimizga shukrlar aytamiz. Oldimizga yana katta-katta rejalar qoʻyganmiz. Buning uchun ikki karra koʻproq harakat qilishimiz, yoshlar tarbiyasiga eʼtibor berishimiz kerak. Hamma sohada taʼlimni, bilimni oshirsak, natijalar yuqori boʻladi. Yoshlarimiz Imom Buxoriy, Mirzo Ulugʻbekday bobolarimizga munosib boʻlishini istaymiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Islom maʼrifati boʻyicha, xuddi Buxorodagidek, Samarqandda ham namuna yaratish kerakligi taʼkidlandi. Allomalarimiz merosidan foydalanib, jaholatga qarshi maʼrifatni kuchaytirish, yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan asrash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Hozirgi kunda Imom Buxoriy majmuasi yangidan barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari pardozlash ishlari namunalarini koʻzdan kechirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifi davomida taʼlim maskanlaridagi sharoitlar, yangi inshootlar, sanoat korxonalari va xizmat koʻrsatish loyihalari koʻzdan kechiriladi. Mutasaddilar ishtirokida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazish rejalashtirilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.