Prezident Shavkat Mirziyoyev «Bxaratiya janata parti» hukmron partiyasi boshchiligidagi Milliy-demokratik alyansidan nomzod Draupadi Murmuga Hindiston Respublikasining Prezidenti etib saylangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi, deya xabar beriladi Prezident Matbuot kotibi kanalida.
Davlatimiz rahbarining maktubida birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi koʻp qirrali, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtirilishiga ishonch bildirilgan.