Prezident Shavkat Mirziyoyev: Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy fundamental baza boʻlishi lozim

0
696
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yili iyunda Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi qurilishiga ramziy tamal toshi qoʻygan edi. Oʻtgan vaqt davomida bu yerda keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Inshoot yertoʻlasi va devorlari qurildi, ayni paytda tom qismi konstruksiyalari montaj qilinmoqda, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.      

Qariyb 10 gektarni egallagan muassasa ilmiy-maʼrifiy markaz boʻladi. Bino yertoʻlasida muzey ombori, qadimiy qoʻlyozma va osori-atiqalarni restavratsiya qilish xonalari boʻladi. Birinchi qavatda kutubxona, anjumanlar zali, ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi va meʼmorlik anʼanalariga bagʻishlangan koʻrgazma zallari joylashadi. Markaziy foyega Usmon Qurʼoni qoʻyiladi. Ikkinchi qavatdan axborot-resurs markazi, ilmiy kafedralar va boshqa xonalar oʻrin oladi. 

Davlat rahbari qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi, binoning ichki va tashqi koʻrinishi, gumbaz ranglari yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi.

Bu markaz orqali ilm, maʼrifat, madaniyat rivojiga millatimiz qoʻshgan hissani muhrlab qoʻymoqchimiz, bu ulugʻ merosni xalqimizga, yoshlarimizga yetkazmoqchimiz. Islom sivilizatsiyasi markazi shu yoʻnalishdagi ilmiy muassasalar uchun fundamental baza boʻlishi lozim. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasidagi oʻquv ishlari bu markaz bilan hamohang boʻlishi, talabalar yuqori kurslarni shu yerda oʻqib, oʻqituvchilar malaka oshirishi kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz Usmon Qurʼonini bezavol saqlash masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. Uni talabga mos harorat va yorugʻlik darajasini taʼminlagan holda saqlash, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha davlatimiz rahbari koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.