Yangi – 2020 yil kirib kelishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan Prezidentimizga yangi muvaffaqiyatlar va baxt-saodat, Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq izhor etilgan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin
Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish
Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev
Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev
Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In
Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻani
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda
Vengriya Prezidenti Yanosh Ader
Sloveniya Respublikasi Prezidenti Borut Paxor
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi
Iordaniya Qiroli Abdulla II
Daniya Qirolichasi Margrete II
Xitoy Xalq Respublikasi Raisining oʻrinbosari Van Sishan
Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Kesyan
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban
Kanada General-gubernatori Jyuli Peyett
Yangi Zelandiya General-gubernatori Petsi Reddi
Afgʻoniston Islom Respublikasi Hukumati Ijrochi raisi Abdulla Abdulla
Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jasinda Ardern
Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko
Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi Li Chjanshu
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon
Xalqaro olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) Bosh kotibi Yens Stoltenberg
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bagʻdat Amreev.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.