Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi. Bugun Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelmoqda. Boʻlajak muzokaralarda Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.

0
37
marta koʻrilgan.

zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsni Registon maydonida kutib oldi.

Mamlakatimizning asosiy timsollaridan biri, ajdodlarimiz bunyodkorlik salohiyatining ifodasi – dunyoga mashhur Registon maydoni YUNYeSKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Ansamblga kiruvchi Mirzo Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari oʻzining salobati, boy tarixi va betakror arxitekturasi bilan barchada chuqur taassurot qoldiradi.

Oliy martabali mehmonga Sharq meʼmorchiligining ushbu durdonasi qurilishiga oid tarixiy maʼlumotlar, yechimlar va bezaklarning oʻziga xos xususiyatlari, shuningdek, bu maskan bilan bogʻliq muhim voqealar va shaxslar, oʻzbek xalqining madaniy merosi haqida maʼlumot berildi.

Suhbat davomida jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklaridan biri sifatida haqli ravishda eʼtirof etilgan Samarqand shahri bugungi kunda ishbilarmonlik va sayyohlik markaziga aylanib borayotgani taʼkidlandi.

Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols Registon ansambli oldida birgalikda suratga tushdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.