Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSH Prezidenti Donald Trampga maktubi

0
71
marta koʻrilgan.

Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Donald Jon Tramp
Janobi Oliylariga

Siz va Melaniya Tramp Xonim Oliyalarining koronavirusga chalingani toʻgʻrisidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim. 

Sizlarni qisqa fursatlarda mazkur virusni muvaffaqiyatli yengib oʻtib, shifo topishingizga, farovon hayotingiz hamda masʼuliyatli davlatchilik faoliyatingizni davom ettirishingizga ishonchim komildir. 

Hurmatli Prezident Janobi Oliylari, ushbu sinovli damlarda Sizga va Melaniya Tramp Xonim Oliyalariga hamda barcha oila aʼzolaringizga mustahkam sihat-salomatlik, xotirjamlik va kuch-quvvat yor boʻlishini tilab qolaman. 

Samimiy ehtirom ila,

Shavkat Mirziyoyev,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.