Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga joʻnab ketdi

0
139
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Federal kansler Angela Merkelning taklifiga binoan 2019 yil 20 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasiga joʻnab ketdi.

Davlatimiz rahbarining hamma saʼy-harakatlari, barcha safarlaridan maqsad bitta – xalqimiz manfaatini taʼminlash. Iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega Germaniya bilan hamkorlikdan ham katta maqsadlar koʻzlangan. 

Uchrashuv va muzokarlar natijasida iqtisodiyot, moliya, investitsiya, innovatsiya, ilm-fan, texnika, taʼlim va madaniyat sohalarida muhim hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here