Mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda Oʻzbekiston xalqiga ravnaq va farovonlik, davlatimiz rahbariga muvaffaqiyatlar tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.
Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer
Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Natx Kovind
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi Yelizaveta Ikkinchi
Ispaniya Qiroli Filipp VI
Niderlandlar Qiroli Villem-Aleksandr
Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustav
Shveysariya Prezidenti Alan Berse
Gretsiya Prezidenti Prokopis Pavlopulos
Avstraliya General-gubernatori Piter Kosgrouv
ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Matamela Siril Ramafosa
Avstriya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Van der Bellen
Belgiyaliklar Qiroli Filipp
Isroil Davlati Prezidenti Reuven Rivlin
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla Ikkinchi
Oʻmon Sultoni Qobus bin Said
Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Chan Day Kuang
Myanma Ittifoqi Respublikasi Prezidenti Vin Min
Tailand Qiroli Maxa Vachiralongkorn
Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan
MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev
Moskva va Butun Rus patriarxi Kirill
Rim-katolik cherkovi rahbari Papa Fransisk
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.