Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi

0
82
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizda 9 may – Xotira va Qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan bayram tadbirlarida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. 

Davlatimiz rahbari dastlab Xotira maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qoʻydi. Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 16 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi farmoni hamda “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq koʻplab madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan mukofotlar topshirildi. Ularning oʻzlari jang qilgan mamlakatlarga borib-kelishi, sanatoriylarda bepul dam olishi uchun sharoit yaratildi. Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan faxriylarga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatildi.

Bugun ushbu tarixiy sana munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.