Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijga keldi

0
89
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev  Prezident Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Fransiyaga keldi.

«Orli» xalqaro aeroportida mamlakatimiz delegatsiyasi tantanali kutib olindi.
 
Bugun davlatimiz rahbari BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule va Fransiya Senati Raisi Jerar Larshe, shuningdek, Fransiyaning eng yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi.  

Tashrifning asosiy tadbirlari 9 oktyabrga belgilangan. Muzokaralar kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish, turli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari oʻrin olgan. 

Uchrashuvlar yakunida hukumatlararo va idoralararo 10 dan ortiq hujjat, jumladan, iqtisodiyot, moliya, transport, turizm, ekologiya, madaniyat va sanʼat sohalarida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.