Prezident Shavkat Mirziyoyev «Toshkent» xalqaro aeroportining yangi xalqaro yoʻlovchi terminali loyihasi bilan tanishdi

0
61
marta koʻrilgan.
 Davlatimiz rahbari 2 dekabr kuni Toshkent shahrida amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi, deya xabar bermoqda Prezident.uz saytida. 

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportiga tashrif buyurdi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq bu yerda «Toshkent-4» xalqaro yoʻlovchi terminali qurilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda yangi inshoot loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari takomillashtirildi. 

Loyiha Oʻzbekiston va Janubiy Koreyaning bank va jamgʻarmalari hisobidan moliyalashtiriladi. Yangi xalqaro aeroportda soatiga 1 ming 500 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. 

Prezidentimiz mablagʻlardan samarali foydalanish, qurilish ishlarini boshlash uchun hududni tayyorlash va infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha topshiriqlar berdi. 

Davlatimiz rahbari xalqaro yoʻnalishlarda uchib kelayotgan yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini oshirish boʻyicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi, qayta qurilayotgan kutish zalini ham borib koʻrdi. Bu yerda zamonaviy mehmonxona qurish, axborot texnologiyalari asosida zamonaviy xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. 

Aeroport Oʻzbekistonning ostonasi. Shu bois bu yerda mehmonlar uchun barcha sharoit va qulayliklar boʻlishi kerak, dedi Prezidentimiz. 


Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.