Prezident Shavkat Mirziyoyev yana bir istiqbolli loyiha bilan tanishdi

0
195
marta koʻrilgan.

Prezidentimiz gʻoyasi asosida Oʻzbekiston avtotransport sohasidagi yana bir yangi tashabbus — Toshkentda fuqarolik aviatsiyasining muhim tarmoqlaridan biri boʻlgan ishbilarmonlik aviatsiyasini tashkil etish loyihasi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi va yagona boʻlgan tizimdir. Mamlakatimiz rahbari ana shu loyiha doirasida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Loyiha taqdimotida aytib oʻtilganidek, ishbilarmonlik aviatsiyasi yakka tartibdagi hamda korporativ parvozlar, shuningdek, ular bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish, aviatsiya texnikasiga yordam berish, ularni ekspluatatsiya qilish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

“Har bir mamlakat iqtisodiyoti rivojida transport-kommunikatsiya tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Ishbilarmonlik aviatsiyasi bu yangi imkoniyatlar, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlardir”, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. Yangi loyiha xorijlik investorlar qatori oʻzbekistonlik ishbilarmon doira vakillariga ham mahsulotlarini tashqi bozorlarga yetkazib berish, oʻzaro biznes-sheriklar topishda katta oʻrniga ega boʻladi.

Taqdimot jarayonida mamlakatimiz rahbari xorijlik delegatsiyalarga yuksak darajada xizmat koʻrsatuvchi yangi havo portiga mos ravishda bu yerda koʻplab infratuzilma obyektlari, mehmonxona, biznes markazlarini bunyod etish borasida mutasaddilarga topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.