Prezident “Suzuk ota” maqbarasini ziyorat qildi

0
124
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizda xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash, aziz avliyo va allomalar mangu qoʻnim topgan maskanlarni obod qilishga katta eʼtibor berilmoqda, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

Davlatimiz rahbari 2017 yil 26 may kuni bu «Suzuk ota» majmuasida boʻlib, maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish boʻyicha topshiriqlar bergan edi. Shu asosda bu yerda ulkan bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Masjidning tarixiy binosi saqlab qolingan holda atrofi kengaytirilmoqda. 900 kishiga moʻljallangan ayvon qurilmoqda. Shuningdek, hunarmandlar uchun ustaxonalar, avtoturargoh va boshqa inshootlar barpo etilmoqda. Qurilish ishlari joriy yilning 1 sentyabrida yakunlanishi moʻljallangan.

Mazkur maskan ziyorati chogʻida oʻtganlar xotirasi yodga olinib, Qurʼon tilovat qilindi.

Prezidentimiz majmuadagi qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi. Ziyoratchilar uchun qulayliklarni yanada oshirish, hududni obodonlashtirish boʻyicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.