Prezident Tashkent City loyihalari bilan tanishdi

0
74
marta koʻrilgan.

Tashkent City xalqaro biznes markazi qurilishi Prezidentimizning doimiy eʼtiborida boʻlib kelmoqda. Davlatimiz rahbari avval ham bu yerga tashrif buyurib, tashkiliy, moliyaviy masalalar yuzasidan koʻrsatmalar bergan edi.

Poytaxtimizning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat koʻchalari oraligʻidagi 80 gektar hududda barpo etilayotgan mazkur zamonaviy kompleksda biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, koʻrgazma zallari, koʻp qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sunʼiy koʻl, favvoralar, ijtimoiy va boshqa obyektlar quriladi. 

Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni Tashkent City qurilish uchastkasida boʻldi. Besh yulduzli mehmonxona va kongress-xol qurilishining borishi bilan tanishdi. 

Mazkur inshootlarni zamonaviy va sifatli qilib qurish, yirik xalqaro anjumanlarni oʻtkazish uchun keng imkoniyatlar yaratish, geologiya, seysmologiya va iqlim sharoitlarini hisobga olish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.