Prezident Termiz xalqaro aeroportining yangi terminali bilan tanishdi

0
104
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun 6 aprel kuni Surxondaryo viloyatiga keldi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Davlatimiz rahbari ushbu nufuzli anjuman arafasida qurib bitkazilgan Termiz xalqaro aeroportining yangi terminalini koʻzdan kechirdi. 

Keng va baland qilib qurilgan, zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan ushbu terminal soatiga 400 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega. Bojxona nazorati, aviatsiya xavfsizligi va bagaj olish joylarida tezkorlikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan.

Kutish zallari, CIP zonalar, ona va bola xonalari, namozxona, tibbiy punkt va boshqa boʻlimlarda yoʻlovchilarning barcha ehtiyojlari inobatga olingan.

Duty Free doʻkonlari, bepul Wi-Fi xizmati, chet ellik turistlar uchun viza olish sektori tashkil etilgan.

Prezidentimiz terminalda yaratilgan sharoitlarni maʼqullab, endi bundan samarali foydalanish, xalqaro reyslar va chet ellik sayyohlar oqimini koʻpaytirish, xizmat koʻrsatish sifatiga alohida eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi. Yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi barpo etish loyihasi boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.