Prezident Toshkentga joʻnab ketdi

0
107
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr — 1 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻldi. 

Davlatimiz rahbari Hindiston Prezidenti, Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Muzokaralar yakunlari boʻyicha 20 ta salmoqli hujjat imzolandi, istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha kelishuvlarga erishildi. 

Prezidentimiz tashrif avvalida ishonch bildirganidek, oliy darajadagi samarali muzokaralar Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitib, strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqdi.

Shavkat Mirziyoyev Hindistonga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga joʻnab ketdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here